Sport | 15:54 / 07.07.2015
4282
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» «Uembli» stadioni ijarasi uchun 11 million funt yillik to‘lov taklif qildi

Angliyaning «Chelsi» klubi «Uembli» stadioni ijarasi uchun 11 million funt yillik to‘lov taklif qildi. Bu haqda The Times nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, «aristokratlar» stadionni uch yil muddatga, 2017/2018 yilda rekonstruksiya ishlari tugashi kutilayotgan «Stemford Bridj» o‘rnida foydalanishmoqchi.

Qayd qilinishicha, «Uembli» stadionini shuningdek «Tottenhem» ham ijara olmoqchi. 2017 yilda jamoa yangi stadion qurilishi munosabati bilan «Uayt Xart Leyn»ni tark etadi. Biroq «Tottenhem» stadion ijarasi uchun kamroq — 8 million yillik to‘lov taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Chelsi» klubi xo‘jayini Roman Abramovich jamoaning yangi uy stadioni qurilishi uchun 500 million funt mablag‘ sarflashni rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish