17:06 / 07.07.2015
13267

Chimkentlik o‘qituvchining o‘quvchisiga qo‘pol muomalasi internet foydalanuvchilarni karaxt ahvolga soldi

Chimkent maktablari o‘qituvchilari atrofidagi mojarolar hali ham barham topmayapti. YouTube’da pedagogga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar aks etgan “2+2=5 deganingda” deb nomlangan navbatdagi video paydo bo‘ldi.

Videoda o‘quvchilardan biri doskada yozayotgan paytda uning ayol o‘qituvchisi o‘quvchisining bilimsizligidan jahli chiqib, unga g‘ijimlangan qog‘oz uloqtirib, so‘ngra uni qo‘li bilan urayotgani aks etgan.

“Agar ko‘paytirishni bilmasang, 11-sinfda nima qilib o‘qib yuribsan?”, deb baqirmoqda unga o‘qituvchi.

Foydalanuvchilar ushbu holatga ham har doimgidek qarama-qarshi munosabat bildirdilar. Kimdir o‘qituvchining bu muomalasini qoralagan bo‘lsa, kimdir o‘quvchining o‘zi bunga sabab bo‘lganini aytmoqda.

Top