Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Pokistonning ShHTga a'zoligi Hindiston sammitida rasmiylashtiriladi
Hindiston va Pokiston davlatlarining Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zoligi Hindistonda bo‘lib o‘tadigan sammitda rasmiylashtiriladi. Bu haqda Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov RIA Novosti agentligiga bayonot berdi.
“Ularni qo‘shish jarayoni boshlandi, bu jarayonda ular ShHT kotibiyati orqali ishchi memorandumni ishlab chiqishi va muvofiqlashtirishi kerak bo‘ladi, shundan so‘ng ular ShHT uchun asosiy hisoblangan yana 28ta hujjatga qo‘shiladi. Umid qilamizki, Hindistonda o‘tadigan navbatdagi sammitda bu ikki davlatning a'zoligi uzil-kesil hal qilinadi, shundan so‘ng biz ShHT “sakkizligi” haqida gapira olamiz”, – dedi siyosatchi.
Siyosatchilarning so‘zlariga qaraganda, Ufa konferensiyasida erishilgan asosiy natija tashkilot ishiga boshqa davlatlarning qo‘shilishi bo‘ldi.