Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki ayol bilan bir xonadonda ijarada turuvchi surxondaryolik erkak ularni do‘pposlagani uchun qamalib ketdi
Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi bir xonadonida surxondaryolik 1976 yili tug‘ilgan Bobur samarqandlik Farangiz va Risola ismli ayollar bilan birga ijarada turar edi.
“Ogoh” nashrining yozishicha, ular odatda yaxshi kelishishgan. Bobur ulardan 12 yosh katta bo‘lishiga qaramay, hech qachon ularga nisbatan kuch ishlatmagan.
Bir kuni xonadoshlar o‘rtasida dahanaki jang kelib chiqdi. Ayollar o‘zidan ancha katta bo‘lgan erkakdan past kelay demadi. Bundan jahli chiqqan Bobur ayollarni kaltaklab, ularga tan jarohati yetkazdi. Voqea joyiga qo‘shnilar chaqiruvi bo‘yicha yetib kelgan militsiya xodimlari mushtumzo‘rni idoraga olib ketishdi.