Iqtisodiyot | 08:46 / 07.07.2015
2830
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada McDonald`s bolalar tushliklariga bepul o‘yinchoqlar kiritishi man qilinishi mumkin

Irlandiyalik deputat Mik Uollas McDonald's restoranlar tarmog‘ida bolalar uchun tushliklarga bepul o‘yinchoqlar kiritilishini man qilish taklifini bildirdi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Uollasning fikricha, bunday “qo‘shimchalar” bolalarning taomlar tanlash borasidagi fikrlariga yomon ta'sir qilishi mumkin. Mustaqil deputat mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Leo Varadkarga murojaat qilib, “bunday promo-aksiyalar o‘z farzandlariga fastfudlarni iste'mol qilishni cheklaydigan ota-onalarni noqulay holatga qo‘yishi mumkinligini” aytdi. Vazir bu taklif haqida o‘ylab ko‘rishini hamda “ayni paytda semirish aholi uchun xavf solayotgan asosiy muammo ekanligini” qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, tamaddixonalarning tajovvuzkor ruhdagi reklama va marketingi Irlandiyada ota-onalar va tibbiy xodimlarni hukumatdan tez ovqatlanish sohasidagi reklamalarni tartibga solish bo‘yicha qat'iy qarorlar qabul qilishni talab qilishlariga majbur qilmoqda. McDonald's da bu ayblovlar rad etilgan holda, hech qanday nojo‘ya ish qilmaganliklari aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish