Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada mafiya a'zolari yoppasiga qamoqqa olindi
Italiya karabinerlari mafiyaga qarshi kurash doirasida keng miqyosli tadbir o‘tkazdi. RaiNews 24 telekanalining ma'lum qilishicha, tadbir davomida 40 kishi hibsga olindi.
Hibsga olinganlarning barchasi janubiy Italiyadagi Bari shahrida faoliyat yurituvchi Strishulo (Strisciuglio) guruhiga mansubdir. Operatsiya davomida qabriston ichida maxfiy qurol-yarog‘ ombori borligi aniqlandi.
Ma'lum bo‘lishicha, ushbu mafiya “oilasi” uzoq yillar mobaynida Bari iqtisodiyotining ko‘plab tarmoqlarini boshqarib kelgan, xususan, tadbirkorlardan soliq undirgan. Shuningdek, u mahalliy futbol jamoasi muxlislari tashkilotiga aloqador ekanligi aytilmoqda.
Baridagi operatsiyadan tashqari, Kalabriyadagi Kozents shahrida ham 7 kishi qamoqqa olindi. Ular orasida sobiq davlat mansabdori va bir qancha tijoratchilar bo‘lgani aytilmoqda.