14:38 / 07.07.2015
4845

Janna Friskening oilasi AQShdagi muolajalar haqini to‘lamagani ma'lum bo‘ldi

Janna Friskening otasi Vladimir Kopilov xonandaning Mayami shifoxonasida davolanishi qarzga bo‘lganligini aytdi.
“Biz Mayami shifoxonasidagi muolajalar pulini haligacha to‘lay olmadik. Qarzimiz, adashmasam, 106 ming dollar. Uni hali uzganimiz yo‘q”, – dedi u Ren-TV telekanalidagi intervyusida.
Kopilovning aniqlashtirishicha, rubl kursining tushishi natijasida qarz miqdori ham oshib ketgan:
“Bu pullarni to‘plaganimizda dollar kursi 30 yoki 33 rubl edi. Dorilarni sotib olganimizdan keyin esa kurs ikki barobarga ko‘tarilib ketdi. Dorilarning narxi esa o‘zgarmadi”.
Friskening davolanishi uchun to‘plangan pullarning 70 foizini shou-biznes vakillari, oilaning tanishlari va do‘stlari taqdim qilgan edi.

Top