21:22 / 07.07.2015
2604

Jo‘rabek Karimov “Uimbldon”da 10-raketkaga yutqazdi

Londonda davom etayotgan “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon” turnirning o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarida ikkinchi davra ishtirokchilari ma'lum bo‘ldi. Bundan avvalgi ikkita “Katta Dubulg‘a” turnirlari – Avstraliya va AQSh Ochiq chempionatlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Jo‘rabek Karimov Londonda ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi.
Qur'a natijasiga ko‘ra iste'dodli tennischimiz ilk davrada amerikalik Vilyam Blumbergga qarshi kortga chiqdi. Afsuski, shiddatli kechgan bahsda Jo‘rabek Karimov turnirning 10-raketkasiga 7:6, 4:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

 

Top