Texnologiya | 15:10 / 07.07.2015
2356
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft Apple Music`ga raqobatchi sifatida Groove Music ilovasini taqdim etadi

Microsoft kompaniyasi o‘zining Windows 10 operatsion tizimi uchun maxsus musiqiy Groove Music ilovasini taqdim etadi. Bu haqda kompaniya blogida xabar tarqatilgan.

Mazkur xizmat turi foydalanuvchilar uchun xuddi Apple Music kabi musiqalarni reklamalarsiz eshitish imkoniyatini beradi. Mazkur xizmat kutubxonasida 40 mln.dan ortiq eshitish mumkin bo‘lgan musiqalar joylashgan bo‘ladi.

Mazkur xizmatdan foydalanishning oylik xizmat haqi 9,99 dollar, yoki yillik 99 dollarni tashkil qiladi. Groove Music xizmatidan bir vaqtning o‘zida to‘rttagacha qurilmadan foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Microsoft hozirda mazkur ilova xizmat turining Windows, Xbox, Android va iOS versiyalarini ham chiqarishni rejalashtirmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish