Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:02 / 07.07.2015
8910
1 daqiqa o‘qiladi
Obama "IShID"ni yengish uchun Asadning ketishi kerakligini aytmoqda
AQSh prezidenti Barak Obama Suriyadagi mojaroni hal qilish yo‘llari haqida fikr bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Obamaning aytishicha, buning uchun Suriya "IShID"ga qarshi kurashda mamlakat prezidenti Bashar Asad ishtirokisiz, hukumat rahbariyati ostida birlashishi kerak.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish