11:52 / 07.07.2015
3863

Oqqo‘rg‘onda sug‘urta kompaniyasi va bank a'zolaridan iborat jinoiy guruh fosh qilindi

“O‘zagrosug‘urta” davlat kompaniyasi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani bo‘limi menejyeri S. Jalg‘ashev hamda bosh buxgalter M. Ahmedova 2009-2013 yillarda ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda “Adolat ko‘zgusi” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, ularga bu ishni amalga oshirishda “Xalq banki” Oqqo‘rg‘on filiali boshqaruvchisi A. Qodirov yordam bergan.
Ayni paytda M. Ahmedova ustidan amalga oshirilgan sud yakuniga yetdi. Jinoyatchi 33.6 mln so‘m jarimaga tortildi.

Top