12:17 / 07.07.2015
18480

O‘zbekiston Milliy universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zbekiston Milliy Universitetiga yangi rektor tayinlandi.

Kun.uz sayti maxsus muxbirining o‘z tvitterida ma'lum qilishicha, Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich jamoaga yangi rektor sifatida tanishtirilgan.

Sh.Sirojiddinov bundan avval O‘zMUning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

O‘zMUning avvalgi rektori Muhamedov G‘ofurjon Isroilovich hozirda qaysi lavozimga o‘tganligi haqida hozircha ma'lum qilinmagan.

Ma'lumot uchun, Filologiya fanlari doktori, professor Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich 1961 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1984 yilda Toshkent davlat universitetining Sharq fakultetini tamomlagan(ToshDU).

U 2003–2005 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining falsafa va jahon madaniyati kafedrasi professori, kafedra mudiri, 2005–2012 yillarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining birinchi prorektori, 2012–2014 yillarda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, 2014 yil apreldan esa O‘zMU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.

Shuhrat Samariddinovich – matnshunos olim, o‘zbek mumtoz adabiyoti, diniy-falsafiy ta'limotlar va badiiy tarjima sohalarida tadqiqot olib boradi. 16ta monografiya, risolalar va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar hamda 140 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Top