Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Ufada 11 davlat rahbari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ufadagi ShHT va BRIKS sammitlari doirasida 11 davlat rahbari, shu jumladan, Eron va Xitoy yetakchilari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Bu haqda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildi.
“Sammitlar doirasida har doim bo‘lganiday, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkaziladi. Prezidentimiz 11ta shunday uchrashuv o‘tkazadi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.
8 iyul kuni Putin BRIKS sammiti boshlanishidan oldin Xitoy, Tojikston, Hindiston, JAR va Belarus rahbarlari bilan uchrashadi. 9 iyulning ikkinchi yarmida esa u Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, so‘ng Qozog‘iston yetakchisi Nursulton Nazarboyev hamda Braziliya rahbari Dilma Ruseff bilan uchrashadi.
10 iyul kuniga O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘oniston rahbarlari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Ilgari xabar qilinganidek, O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi Shanxay hamkorligi tashkilotining Ufa sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 iyul kuniga belgilangan.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad Rossiya va O‘zbekistonning energetika sohasidagi hamkorligini kengaytirishdir. Shuningdek, prezidentlar ta'lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ikki tomonlama strategik hamkorlikning turli jihatlarini muhokama qiladi.