Jamiyat | 15:01 / 07.07.2015
2783
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston maktablarida dress-kod joriy qilinadi

2015 yilning 1 sentabridan Qirg‘izistonning barcha maktablarida o‘quvchilar uchun forma joriy qilinadi. Bu haqda ta'lim vaziri Elvira Sariyevaga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, forma uchun to‘rt rang taklif qilingan, har bir maktab shu ranglardan birini tanlashi mumkin bo‘ladi.
Bu qora, kulrang, ko‘k va to‘q qizil ranglardir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish