Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasidagi otishmada jarohatlangan kishi vafot etdi
6 iyul kuni Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bahsli hududda sodir bo‘lgan otishma natijasida ikki tomonlama o‘t ichida qolib ketib, jarohat olgan Tojikiston fuqarosi vafot etdi. Unga qaysi tomondan otilgan o‘q tekkani hali aniqlanganicha yo‘q.
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarachilari Batken viloyatidagi Qucha-Qarin degan joyda uchrashuv o‘tkazishdi. Aniqlanishicha, otishma Qirg‘iziston hududida, shartli davlat chegarasidan 80 m ichkarida bo‘lib o‘tgan.
Aytilishicha, to‘qnashuv chog‘ida ikki tomondan bittadan o‘q uzildi. Qaysi tomonning o‘qi Tojikiston fuqarosini halok qilgani noma'lumligicha qolmoqda.
Shu kunning o‘zida, 6 iyulda, Isfara tumanining Chorxu qishlog‘ida Qirg‘iziston fuqarolari haydab ketayotgan avtomashinaga tojikistonliklar hujum uyushtirdi. Uch nafar qirg‘izistonlik avtomashina Batken-Ko‘ktosh yo‘nalishi bo‘yicha ketayotgan bo‘lgan. Ular Tojikiston hududida to‘xtatilib, kaltaklangan, mashinaning oynalari sindirib tashlangan.
Tojikiston huquq-tartibot idoralari vakillari qirg‘izistonliklarni qutqarib qolib, ularni o‘z yurtlariga kuzatib qo‘ydilar. Bundan tashqari, har ikki tomon chegara qismlari vakillari mahalliy aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari o‘tkazdi.
O‘z bayonotida Qirg‘iziston Tojikiston tomonni qurol-yaroqqa ega chiqishga harakat qilishda aybladi.