Jahon | 07:16 / 07.07.2015
2143
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston prezidenti kuzda Dushanbega rasmiy safar uyushtiradi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

Tojikiston prezidenti Nursulton Nazarboyevni 75 yillik tavallud ayyomi bilan tabrikladi. Suhbat davomida ikki yetakchi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda Qozog‘iston prezidentining joriy yilning kuzida Dushanbega uyushtiradigan safarini muhokama qilishdi.

Suhbat Tojikiston prezidenti tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish