15:17 / 07.07.2015
3181

Qozog‘istonda davlat xizmatchilar bir organdan boshqasiga o‘ta olmaydi

Qozog‘istonda joriy qilingan davlat xizmatining yangi tartibiga ko‘ra, xizmatchilar rejani bajarmagan taqdirda ishdan bo‘shatiladi. Ushbu qoidalar o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan besh institutsional islohotlar doirasida kiritilmoqda.

Bu haqda davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi raisi Sayan Ahmetjanov Markaziy kommunikatsiyalar xizmatida o‘tkazilgan matbuot anjumanida bayonot berdi.
Yangi qoidalardan ko‘zlangan birinchi maqsad davlat xizmatini karera modeliga o‘tkazishdir. Ya'ni doimiy o‘sish istiqboli odamlarni faollashtirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, bu holat raqobatning kuchayishini ham ta'minlaydi.
Ishga olinish va mansab ko‘tarilishi tanlov asosida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, aytilishicha, davlat xizmatchilari bir tashkilotdan ikkinchisiga o‘tib keta olmaydi.

Top