16:22 / 07.07.2015
4731

Ronaldu Las-Vegasda topib olgan telefonining sohibasini kechki ovqatga taklif qildi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu dam olish jarayonida mobil telefon topib oldi. Uning egasini topgach, uni kechki ovqatga taklif qilgan.

Ronaldu AQShning Las-Vegas shtatida dam olayotgan vaqtida Ostin Vulstenxulm ismli ayol ham Nevada shahrida hordiq chiqarayotgan bo‘lgan. Aynan shu yerda ular uchrashishgan. Bu haqda Ostin o‘zining Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida suratli izoh qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu rossiyalik model Irina Sheyk bilan munosabatlariga nuqta qo‘ygach, hozirgi vaqtga qadar hech kim bilan uchrashmayotgandi.

Top