00:09 / 07.07.2015
6168

Sirdaryoda kuyov mol o‘g‘irlab, qaynonasiga sotib yurgani ma'lum bo‘ldi

Oqoltin tumani Farg‘ona shaharchasida istiqomat qiluvchi Javohir ismli shaxs ukasi Jamil, do‘stlari Farhod va Jamshid bilan mol o‘g‘riligi bilan shug‘ullanib borganliklari aniqlandi. O‘g‘irlangan mollarni ular dastlab Javohirning qaynonasiga sotgani ma'lum bo‘ldi.
“Postda” nashrining yozishicha, shaharchada uch kishining sigiri yo‘qolgani profilaktika katta inspektori, kapitan Turdiali Xo‘jamqulovning diqqatini tortdi. Kuzatishlar natijasida Javohir o‘g‘irlangan sigirlardan ikkitasini qo‘shni qishloqda yashovchi qaynonasiga 2 mln so‘mga sotgani aniqlandi. Uchinchi sigirni esa sheriklar bozorga olib chiqishganida voqea joyiga sigirning egasi bilan birga yetib kelgan kapitan Xo‘jamqulov tomonidan qo‘lga olindi.

Top