16:37 / 07.07.2015
2153

Toshkentda o‘zi ishlaydigan sexga o‘g‘rilikka tushgan xodim qamoqqa olindi

Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan korxonalardan birining omborida ishlaydigan xodim u yerga o‘g‘rilikka tushgani tufayli qamoqqa olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Aytilishicha, 1979 yili tug‘ilgan Asqar ismli ishchi sahar chog‘i omborga kelib, 23 o‘ram matoni olib ketgan. Korxona egasi, tadbirkor Malika mahsulot yo‘qolganini payqab, tegishli tashkilotga murojaat qilgan. Olib borilgan qisqa tekshiruv ishlari jinoyatchini aniqlashga yordam berdi. Asqarning uyidan o‘g‘irlab ketilgan mato o‘ramlari topildi.

Top