Jahon | 17:59 / 07.07.2015
4185
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Oliy radasiga Rossiyani “Rossiya” deb atashni man qiluvchi qonun loyihasi ko‘rib chiqish uchun kiritildi

Ukraina Oliy radasi deputatlari parlamentga ko‘rib chiqish uchun Rossiyani “Rossiya” deb atashni man qiluvchi qonun loyihasini kiritdi.

Bu qonun loyihasi Ukraina madaniyat va ma'naviyat masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan kiritildi.

“Rus” va undan hosil bo‘lgan “Rossiya” so‘zlari hozirgi Ukrainaning umumqabul qilingan nomlanishi hisoblanadi”, deb ta'kidlamoqdalar qonun loyihasi mualliflari.

Qonun mualliflarining fikricha, qadimdayoq “Moskva podsholigi” noqonuniy tarzda “Rossiya”ga o‘zgartirilgan, “ko‘plab ishonchli tarixiy manbalar “Rus” yoki “Rossiya” nomi hozirgi Ukrainaning hududlariga nisbatan ishlatilishi kerakligidan guvohlik beradi hamda hech qanaqasiga tajovvuzkor davlatning nomi bo‘la olmaydi”.

Bu qonun loyihasidan maqsad tarixiy va ijtimoiy adolatni tiklash, Ukraina xalqining tarixiy va madaniy merosini muhofaza qilish hamda Ukraina millatining birlashishi va rivojlanishiga ko‘mak berishdan iborat.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish