18:38 / 07.07.2015
2327

Ukrainaga Bolgariya prezidenti ishchi tashrif bilan keldi

Ukrainaga oxirgi 12 yil ichida ilk bor Bolgariya prezidenti Rosen Plevneliyev tashrif uyushtirdi. Bolgariya prezidenti Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko bilan uchrashuvi davomida Bolgariya Ukrainaning o‘z kelajagi, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini belgilash huquqini qo‘llab-quvvatlashini bildirib o‘tdi.

Plevneliyevning aytishicha, Ukraina va Bolgariya birgalikda jahon maydonida huquq ustuvorligi va har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqlarni himoya qilishmoqda.

“Har bir millat o‘z kelajagi, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini o‘zi belgilaydi. Bolgariya Ukraina xalqining bu huquqini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi Plevneliyev hamda “Krim – bu Ukraina” deb qo‘shimcha qilib qo‘ydi.

Top