O‘zbekiston | 11:19 / 07.07.2015
2371
2 daqiqa o‘qiladi

Urgutda giyohvandlikka qarshi ma'rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Mirzabog‘lon va Chep mahallalarida, shuningdek, “Zolotinka” yozgi oromgohi dam oluvchilari orasida bir qator ma'rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi. Tadbir viloyat IIB inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minot bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazildi. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.
Mahallalarda olib borilgan tushuntirish ishlarida yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi, ta'lim olishi zarurligi, giyohvand moddalarning jamiyatga va alohida insonga keltiradigan zarari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, tadbirlar ishtirokchilariga “Adashganlar qismati” hujjatli filmi namoyish etib berildi.
Yozgi oromgoh dam oluvchilari orasida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida sport tadbirlari o‘tkazildi. G‘oliblarga mukofotlarni narkotrafik va giyohvand moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Xayrullo Boboqulov va IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbari podpolkovnik Rashidjon Rahimovlar topshirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish