Jahon | 15:40 / 07.07.2015
2417
1 daqiqa o‘qiladi

Ushakov: YeIIni Ipak Yo‘li bilan birlashtirish Ufada muhokama qilinadigan birinchi masaladir

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqini Xitoyning Ipak Yo‘li loyihasi bilan birlashtirish Ufa shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT va BRIKS sammitlarida muhokama qilinadigan asosiy mavzulardan biriga aylanadi, deb hisoblaydi Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov.
“Shubhasiz, bu mavzu Ufada muhokama qilinadi. Xususan, BRIKS rahbarlarining norasmiy uchrashuvida, ShHT rahbarlarining YeII rahbarlari bilan uchrashuvi chog‘ida muhokama qilinadi. Bundan ortig‘ini aytaman: ushbu uchrashuvlarda bu mavzu birlamchi ahamiyat kasb etishi mumkin”, – siyosatchining so‘zlarini keltiradi RIA Novosti agentligi.
Ushbu sammitlar Boshqirdiston poytaxtida 8-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi. Sammit ishi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinning ikki tomonlama uchrashuvi bilan boshlab beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish