17:32 / 07.07.2015
2581

Vitaliy Denisov "Zenit"da Xalkdan boshqa yulduz futbolchi yo‘qligini aytdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi a'zosi bo‘lmish o‘zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov «Zenit»ni yulduzlar klubi deb hisoblamasligini aytib o‘tdi.

U jamoasi bilan 12 iyul kuni «Zenit»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Rossiya Superkubogi o‘yinida g‘alaba uchun maydonga tushadi. 

«Yulduzli «Zenit» — nima degani bu? Kim u yerda yulduz? Xalk? Garay, Vittsel, Xavi Garsiya? Xalk – ha, yulduz, lekin qolganlar... Ha, bu yigitlar yaxshi chempionatlarda o‘ynagan, biroq ularni ulug‘lashtirib yubormagan bo‘lardim», - deydi Denisov. 

«Biz hammamiz ham odammiz, tomirimizda bir xilda qon oqadi. Ko‘ramiz, kim kuchliroq chiqarkin va kimda g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoq ko‘proq bo‘larkin. Qo‘rqinchli joyi yo‘q. O‘yin Piterda bo‘ladi, «Zenit»ga devorlar ham yordam beradi, biroq o‘yin taqdiri maydonda hal bo‘ladi», - dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov.

Biroz oldinroq, "Lokomotiv"ning boshqa bir himoyachisi Nemanya Peychinovich 12 iyul kungi o‘yinga "jangovar" tayyorgarlik olib borilayotganini aytib o‘tgan.

Top