14:48 / 07.07.2015
9394

Vnukovo aeroportida "Aerobus" yo‘lovchi samolyoti ustiga minglab asalarilar yopirildi

Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Vnukovo aeroportida bir guruh asalarilar «Aerobus-319» rusumidagi samolyotga hujum uyushtirishdi.

Aeroport xizmatchilari bergan ma'lumotlarda aytilishicha, mazkur samolyot Sankt-Peterburgga parvoz qilishi kerak bo‘lgan. Samolyot parvoz uchun shay qilib qo‘yilgan paytda kutilmaganda minglab hashorotlar uning illyuminatorlariga yopishib, uni butunlay berkitib olishgan.

Asalarilar salon ichiga kirib ketmasligini oldini olish maqsadida ikkita tez yordam guruhi jalb qilingan. Tez orada ular asalarilar hujumini bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan va samolyot oz muddatlik kechikishdan keyin yana manzili tomon yo‘l olgan.

Aeroport xizmatchilarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, bu holat ba'zida uchrab turadi. Hattoki, aeroportda uzoqroq muddat ushlanib qolgan samolyotlar ichiga ular o‘zlari uchun in qurib olish holatlari ham kuzatilgan.

Ushbu reysda asalarichilar ham yo‘lovchilar bilan birgalikda parvoz qilishgan hamda bortda asalarilarni qidirish ishlarini olib borishgan. Samolyot yerga qo‘nganida, bortda asalarilar ini yo‘qligi tasdiqlangan.

Top