15:41 / 07.07.2015
4477

Yamanda besh kunlik tinchlik o‘rnatildi

Yaman ixtilofi tomonlari – amaldagi prezident Abdrabbu Mansur Hodiy, xusiylarning “Ansorullo” harakati rahbariyati va sobiq prezident Ali Abdulla Solih tarafdorlari – BMT bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili Ismoli uld Shayx Ahmadning vositachiligida besh kunlik sulh tuzishga qaror qilishdi. Bu haqda Elaf gazetasi xabar bermoqda.
Tinchlik seshanba yoki chorshanba kuni e'lon qilinadi.
Ayni paytda BMT Yamanda ikkinchi gumanitar tinchlikning o‘rnatilishiga erishmoqchi. U ayni paytda doimiy tinchlik o‘rnatilishiga umid qilmoqda. Birinchi sulh may oyining o‘rtasida tuzilgan edi.
Yamandagi inqiroz haligacha to‘xtatilgani yo‘q. Yuqorida tilga olingan uch tomonga tegishli kuchlar o‘rtasidagi harbiy to‘qnashuvlar davom etmoqda.

Top