Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada sayyoraning eng keksa erkagi vafot etdi
Yaponiyadagi Saytama shahri rasmiylari sayyoradagi eng keksa erkakning vafot etganini ma'lum qildi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, Sakari Momoi 113 yoshda bo‘lgan.
1903 yili Fukusima prefekturasida (Xonsyu) dunyoga kelgan Momoi agrokimyodan dars bergan, bir qancha maktablarda direktor lavozimida ishlagan. Qarindoshlari marhum umrining oxiriga qadar aqlini saqlab qolganligini e'tirof etmoqda.
Ginness kitobi ekspertlari 2014 yilning avgustida Momoini sayyoramizning eng yoshi ulug‘ insoni deb tan olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati 115 yoshni qarshilagan otaxon istiqomat qilayotgani haqida xabar bergan edik.