Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2040 yili Janubiy Koreya o‘z kosmik mudofaa tizimini yaratadi
Koreya Respublikasi yaqin kelajakda mustaqil ravishda kosmik tahdidga qarshi kurashishi mumkin. Bu haqda mahalliy matbuotga tayangan holda TASS agentligi xabar bermoqda.
Bu vazifani amalga oshirish uchun bugun kosmik monitoring markazi ochildi. U orbitani kuzatish va raqiblar sun'iy yo‘ldoshlarini tekshirish ishlariga mo‘ljallangan.
Yangi mudofaa obekti Seuldan 180 km janubdagi Chxunchxon-Namdo viloyatining Keryon shahrida joylashgan.
Ta'kidlanishicha, koinot monitoringi sun'iy yo‘ldoshlar va boshqa apparatlar harakati trayektoriyasini kuzatish va aniqlashga imkon beradi. Koreya va AQSh o‘rtasidagi kelishuvga binoan AQSh qurolli kuchlari koinotdagi vaziyat bo‘yicha Seulga kerakli ma'lumotlarni berib turadi.