Jahon | 10:40 / 08.07.2015
3830
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Kobulning Tolibon bilan muzokaralarini tinchlik o‘rnatishdagi muhim qadam deb hisoblaydi

Afg‘oniston rasmiylari bilan Tolibon guruhi yetakchilari o‘rtasida muzokaralarning o‘tkazilishi mamlakatda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi yo‘lidagi muhim qadamdir. Bu haqda Oq Uy matbuot kotibi Joshua Ernest seshanba kuni o‘tkazilgan brifingda bayonot berdi.

“AQSh Afg‘oniston hukumati va Tolibon harakati o‘rtasidagi muzokaralarni qo‘llab-quvvatlaydi”, – ta'kidlab o‘tdi matbuot kotibi.

Shu haftaning boshida Afg‘oniston hukumati emissarlarining Tolibon vakillari bilan uchrashuvi Pokiston poytaxti Islomobodda boshlandi.

The New York Times gazetasining yozishicha, Islomobodda boshlangan muzokaralarda kuzatuvchilar sifatida AQSh va Xitoy vakillari ishtirok etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish