02:14 / 08.07.2015
5221

AQShda Eronning raketa dasturiga qarshi sanksiyalar saqlanib qolishi aytilmoqda

Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilgan taqdirda ham Eronga raketa texnologiyalari va qurol-aslaha yetkazib berish borasidagi sanksiyalar saqlanib qoladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manba xabar qilmoqda.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi kengashi Eronga qarshi sanksiyalarning amal qilishini to‘xtatish 10 iyulgacha uzaytirgani ma'lum qilingandi.

Bundan tashqari, Eronning “oltilik” bilan vaqtinchalik kelishuvi amal qilish muddati ham 10 iyulgacha uzaytirildi.

Top