Jahon | 19:50 / 08.07.2015
4221
2 daqiqa o‘qiladi

BAAda IShID targ‘ibotiga qarshi kurashishga qaratilgan aksilterrorchilik markazi ochildi

Birlashgan Arab Amirliklarida asosiy maqsadi IShID terrorchilik tashkilotining targ‘ibot-tashviqotiga qarshi kurashish bo‘lgan aksilterrorchilik markazi o‘z ishini boshladi.

Al Arabiya telekanalining xabar berishicha, Abu-Dabida joylashgan “Savob” deb ataluvchi ushbu axborot markazining ochilishida BAA hukumati bilan bir qatorda AQSh ham ishtirok etdi.

Markaz tashkilotchilarining g‘oyasi bo‘yicha, “Savob” markazi “Iroq va Suriyadagi IShIDga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiyaning axborot tashkil etuvchisi” bo‘lishi kerak. Xususan, axborot markazi IShID o‘z ta'sirini tarqatishda foydalanayotgan onlayn-instrumentlar va internet-resurslardan foydalanadi. Tuzilmaning ishiga “mo‘'tadil islom pozitsiyasini yoqlab chiquvchi va asosan yoshlarga katta ta'sirga ega mintaqadagi eng taniqli kishilar” jalb qilinadi.

Hanuzgacha IShID internet va ayniqsa ijtimoiy tarmoqlardan o‘zining tashviqot materiallarini tarqatish uchun samarali foydalanib kelmoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, IShIDning targ‘ibot “qarmog‘i”ga har oy turli davlatlardan terrorchilik guruhi bilan bevosita hamkorlik qilishga tayyor bo‘lgan 3 mingdan ziyodroq odam ilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish