07:24 / 08.07.2015
2503

YeI rahbarlari Gretsiyani yevrohududda olib qolishga kelishib olishdi

Yevrohudud rahbarlarining navbatdan tashqari sammitida Gretsiyani Yevropa valyuta zonasi tarkibida saqlab qolish masalasi muhokama etilgan va bu masala ijobiy hal qilingan. Bu haqda TASS nashri ishonchli manbasiga asoslangan holda xabar bermoqda.

"Yevropa Ittifoqi rahbarlari Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan muzokaralarda yutuqqa erishdi va bu davlatni yevrohudud tarkibida saqlab qolishga kelishildi", deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, rasmiy Afina zimmasiga 24 soat ichida inqirozdan chiqishning yangi dasturini taqdim etish vazifasi qo‘yilgan.

Top