Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:33 / 08.07.2015
7412
1 daqiqa o‘qiladi
Enrike Iglesiasning onasi Nobel mukofoti laureati Mario Vargas Losaning oilasini buzdi
Taniqli xonanda Enrike Iglesiasning onasi Izabel Preysler adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mario Vargas Losaning oilasini buzdi. Bu haqda The Daily Beast xabar qilmoqda.
Aytilishicha, Preysler xonim uchun ispaniyalik yozuvchi rafiqasi va uch farzandini tashlab ketgan.
Yozuvchining rafiqasi chuqur qayg‘uda ekanligi aytilmoqda. Juftlik yaqindagina Nyu-Yorkda nikohining 50 yilligiga bag‘ishlangan gala-konsert uyushtirgan edi.