Texnologiya | 19:22 / 08.07.2015
2624
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook’da videolarni "suzuvchi" oynada belgilash imkoni yaratildi

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining yangiliklar lentasidagi videolarni “suzuvchi” oynada belgilab qo‘yish imkoni paydo bo‘ldi. Endi sahifaning quyi qismiga o‘tganda ham video o‘z joyida qoladi.

“Suzuvchi” oyna videopleyerdagi yangi tugmachani bosish orqali ishga tushiriladi. U dastlabki holat bo‘yicha sahifaning quyi chap qismida joylashgan bo‘ladi. Biroq foydalanuvchi uni o‘ziga qulay nuqtaga qo‘yishi mumkin.

Ma'lumot uchun, avvalroq ijtimoiy tarmoq joriy yilning kuzidan boshlab videolarda reklama joylashtirishi haqida ma'lum qilgan edi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish