Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada portlovchi moddalar saqlanuvchi barcha obektlar xavfsizligi tekshirilmoqda
Fransiya Mudofaa vazirligi ikki hafta ichida mamlakatdagi portlovchi moddalar saqlanuvchi barcha obektlarning himoyalanganini tekshirishga buyruq berdi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra qo‘riqlashni takomillashtirish bo‘yicha tegishli choralar taklif qilinadi, deb xabar bermoqda obektlarni qo‘riqlash boshqarmasi.
Bu qarorga Provansdagi “Miromas” harbiy bazasidan 150 ta detonator va 40 ta qo‘l granatasi o‘g‘irlangandan keyin kelindi.
Avvalroq ma'lum qilinganidek, shuningdek kuchli plastik portlovchi modda ham o‘g‘irlangan. Ekspertlar ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda terrorchilar tomonidan bu portlovchi moddadan katta o‘lchamdagi qo‘lbola portlovchi qurilmani samarali portlatishda foydalanilgan.
Hozirda Marsel prokuraturasi 7 iyul kuni kunning yarmiga kelib aniqlangan ushbu o‘g‘irlik holati bo‘yicha tergov olib bormoqda. Politsiyaning ma'lum qilishicha, voqeaning barcha versiyalari qaralmoqda. “O‘g‘irlik sodir etilgan paytda bazada bo‘lgan barcha zobitlar va harbiy xizmatchilar so‘roq qilinadi”, deb aytilmoqda politsiyada.
“Miromas” bazasidagi qo‘shinlararo omborxona Fransiya qurolli kuchlarining Afrikadagi harbiy operatsiyalarni ta'minlashida logistik markaz sifatida ishlatiladi.