08:04 / 08.07.2015
7188

"IShID" rus tilini biluvchilarni yollash uchun keng harakat olib bormoqda

"IShID" rus tilini biluvchilarni yollash ishlariga katta e'tibor qaratmoqda.

12news.uz nashrining xabar berishicha, bu tashkilot Sobiq Ittifoq hududidagi mamlakatlar aholisini ko‘proq miqdorda o‘z safiga jalb etishni istamoqda.

Xabar qilinishicha, "IShID" tarkibida rus tilida so‘zlashadigan a'zolar uchun alohida "Furat" nomli guruh tashkil etilgan.

Bu guruh tvitter, feysbuk va VKontakte kabi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali targ‘ibot olib bormoqda. Guruh o‘zining asosiy e'tiborini asosan O‘rta Osiyo hududidagi aholi vakillariga qaratgan.

Top