Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispanlar Rossiya Oliy sudidan “Toch-v-toch” shousini taqiqlab qo‘yishni so‘rashmoqda
Rossiya Oliy sudi Rossiya Birinchi kanalining “Toch-v-toch” teleshousini taqiqlab qo‘yish bo‘yicha ishni ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda RAPSI.
Ispaniyaning Endemol kompaniyalari guruhiga kiruvchi Gestmusic Endemol kompaniyasi va Rossiyaning “VayT Media” kompaniyasi Birinchi kanalda efirga uzatiladigan “Toch-v-toch” dasturi “Your face sounds familiar” va “Odin v odin!” ko‘rsatuvlari formatini aynan qaytarishining tan olinishini talab qilmoqda.
Da'vo qiluvchilarning fikricha, “Toch-v-toch” shousida Ispaniya kompaniyasiga tegishli “deyarli barcha asosiy elementlar”, jumladan “hakamlar obrazlari”dan foydalanilgan. Javobgar bu da'voni tan olmayapti hamda uning aytishicha, Rossiya qonunchiligida format kabi ko‘riqlanadigan mualliflik huquqi obekti tushunchasining o‘zi yo‘q.
Avvalroq pastki instansiyalar sudlari ushbu holat yuzasidan Birinchi kanal foydasiga qaror chiqarishgan edi.