O‘zbekiston | 12:24 / 08.07.2015
3160
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya texnologik universiteti delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Koreya Respublikasining Fan va texnologiya universiteti delegatsiyasi 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘rta Osiyo oliygohlari bilan hamkorlikni kengaytirishdir.
Delegatsiya Toshkent va Samarqandning yetakchi universitetlarida bo‘lib, iste'dodli yoshlar bilan suhbatlar uyushtiradi.
Delegatsiyaga universitet prezidenti, doktor Yun Vu Li rahbarlik qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish