16:19 / 08.07.2015
1700

Kabay 10 mln funt evaziga "Kristal Pelas"ga transfer qilinadi

"PSJ" jamoasining fransiyalik yarim himoyachisi o‘z faoliyatini "Kristal Pelas"da davom ettiradi. Bu haqda VVC muxbiri xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, "Kristal Pelas" bu futbolchi uchun 10 mln yevro to‘laydi, yana 3 mln yevro bonus sifatida berilishi mumkin.

Qayd etish joizki, bu transfer jamoa tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.

Kabay yaqin vaqt ichida jamoada tibbiy ko‘rikdan o‘tib, shartnoma imzolashi kutilmoqda.

L’Equipe nashri ma'lumotiga ko‘ra, Kabay o‘zining "Nyukasl"dagi ustozi Alan Pardyu bilan yana birgalikda ishlash uchun "Atletiko" hamda boshqa bir qator ingliz jamoalaridan bo‘lgan takliflarni rad etgan.

Top