Sport | 10:33 / 08.07.2015
2343
1 daqiqa o‘qiladi

Lempard: “Men Vilya va Pirlo bilan bitta jamoada o‘ynashdan baxtiyorman”

“Nyu-York Siti” yarim himoyachisi Frenk Lempard David Vilya va yaqinda “Yuventus”ni tark etgan Andrea Pirlo bilan bir jamoada o‘ynashidan baxtiyor ekanini aytdi.

“David va Andrea – eng oliy darajadagi o‘yinchilar, ular bilan bir jamoada to‘p surish baxtiga muyassar bo‘ldim. Men “Nyu-York”ning barcha o‘yinlarini ko‘rganman, barcha futbolchilar va ular qanday o‘ynashini bilaman”, deb aytmoqda ingliz futbolchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish