Sport | 22:04 / 08.07.2015
5376
1 daqiqa o‘qiladi

Messining homilador turmush o‘rtog‘i Argentinada shifoxonaga yotqazildi

Lionel Messining ikkinchi farzandiga homilador turmush o‘rtog‘i Antonella Rokkusso sportchining ona shahri Rosariodagi (Argentina) shifoxonalardan biriga yotqazildi. Bu haqda mahalliy Telam agentligi ma'lum qilmoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli Rokkusso shifoxonaga “tanosil azolari infeksiyasi” tashxisi bilan yetkazilgan. Shifokorlarning aytishicha, kasallik homiladorlikka xavf solmayapti. Keyinroqqa shifoxonaga Messining o‘zi ham yetib keldi.

Messi Rokkusso va ikki yoshli o‘g‘li Tyago bilan Amerika kubogi finalidan keyin o‘zining yaqinlari oldiga Rosarioga mehmonga borgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish