Jahon | 14:00 / 08.07.2015
3072
2 daqiqa o‘qiladi

Moskvada «Selfi xavfli!» yozuvli belgilar paydo bo‘ladi

Moskva shahridagi baland uylarning tomlari, ko‘priklar hamda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan boshqa obektlarda selfining xataridan ogohlantirib turuvchi belgilar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda TASS nashrida yozilgan.

"Bir qancha tahlilchilar selfini hujjat asosida taqiqlashni taklif qilishmoqda. Men bunday qonun yaratilishi ehtimoli juda past deb bilaman. Shuning uchun maxsus joylarda odamlarning o‘ziga bu haqda ma'lum qilib turadigan, selfi usulida suratga tushish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan joylarda "Selfi xavfli" deya yozilgan belgilar o‘rnatish kerak", deydi Moskva davlat dumasining qonunchilik komissiyasi rahbari Aleksandr Semennikov.

Uning fikricha, bu ishlarni amalga oshirish uchun shahar hokimiyatidan maxsus farmoyishni kutib o‘tirish ham shart emas.

Ma'lumot uchun, Rossiyada 2014 yil boshidan beri selfi ishqibozlari bilan bog‘liq 100ga yaqin baxtsiz hodisa ro‘y berib, o‘nlab holatlar fojiali yakun topgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish