Sport | 02:09 / 08.07.2015
3363
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik bokschilar Atiraudagi musobaqada zafar quchishdi

2015 yil 6 iyulda Qozog‘istonning Atirau shahridagi sport saroyida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Qozog‘iston boks federatsiyasining faxriy prezidenti A.A.Kulibayev sharafiga xalqaro musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada yuqori o‘rinlar uchun 9 ta davlat – Iordaniya, Qirg‘iziston, Mo‘g‘iliston, Rossiya, Suriya, Tojikiston, Ukraina, O‘zbekiston va Qozog‘iston bokschilari kurash olib bordilar. Hammasi bo‘lib musobaqada 10 ta medallar komplekti o‘ynaldi.

O‘zbekiston terma jamoasi ham ushbu musobaqada munosib ishtirok etdi: 52 kg gacha vazn toifasida Shahobiddin Zoirov 3:0 hisobida qozog‘istonlik bokschi Boynazov ustidan; 69 kg gacha vazn toifasida Odilbek Aslanov 2:1 hisobida qozog‘istonlik bokschi Manashev ustidan; Meliko‘ziyev Bektemir 75 kg gacha vazn toifasida 3:0 hisobida rossiyalik bokschi Fidurin ustidan va 91 kg dan yuqori vazn toifasi finalida Abdullayev Mirzoxidjon 3:0 hisobida iordaniyalik Joxais ustidan g‘alaba qozonib, oltin medallarni qo‘lga kiritdilar. Shuhrat Abdullayev (81 kg gacha) kumush, Abdulxay Shermatov (52 kg gacha) va Elshod Rasulov (81 kg gacha) bronza medallarni qo‘lga kiritdilar. Jamoa bosh murabbiyi Rustam Saidov, murabbiylar shtabi a'zolari Istam Kabinov, Nabijon Boymatov.
Musobaqaning hakamlar hay'atiga o‘zbekistonlik hakam Sherzod Axmedov ham kirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish