22:40 / 08.07.2015
3225

Rossiya va Hindiston atom energetikasi masalalarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan harbiy-texnik hamkorlik va atom energetikasi masalalarini muhokama qilganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qilmoqda.

“Erkin savdo hududini tayyorlash va u bo‘yicha kelishuv tuzish borasida Hindiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining hamkorligi haqida gapirildi. Bu mavzu faol ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, aniq loyihalar, atom energetikasi haqida ko‘p gapirildi. Bu sohaning istiqbollari yaxshi” , deb aytdi Peskov.

Peskov, shuningdek, Modi Rossiyaga kuzda kelishi mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

Top