Sport | 08:20 / 08.07.2015
2773
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandning "Dinamo" jamoasiga Bahrom Hakimov yangi bosh murabbiy bo‘ladi

Biroz oldinroq Tojmurod Agamurodovni iste'foga chiqargan Samarqandning "Dinamo" jamoasi uning o‘rniga Bahrom Hakimov tayinlanishini ma'lum qilgan. Bu haqda sports.uz nashri xabar berdi.

Yaqin vaqt ichida ushbu mutaxassis "Dinamo" bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirilishi aytilgan.

Bahrom Hakimov o‘z vaqtida "Nasaf" jamoasi bilan muvaffaqiyatli faoliyat olib borgandi.

Eslatib o‘tamiz, "Dinamo" jamoasi bosh murabbiyligi uchun Azamat Abduraimov, Kamol Gazzarov, Islom Ahmedov, Sergey Kovshov, Rustam Zabirov, Sergey Arslonov va Aleksandr Volkov kabi boshqa bir qator mutaxassislar nomzod sifatida qaralmoqda edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish