07:03 / 08.07.2015
3596

Samsung kompaniyasi AQShda eng obro‘li IT-kompaniya deb topildi

Tadqiqotlar, audit va obro‘ni boshqarishni o‘tkazishga ixtisoslashgan Reputation Institute xalqaro konsalting firmasi AQShdagi eng boobro‘ texnologik kompaniyalar reytingini tuzdi. Bu ro‘yxatda 1-o‘rinni Samsung Electronics kompaniyasi egalladi.

O‘zining ommaviy mahsulotlari va xizmatlari evaziga Janubiy Koreya korporatsiyasi AQShning Microsoft, Google va Intel kabi gigantlarini ortda qoldirdi, vaholanki bu kompaniya o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 8-o‘rinni egallagan edi.

Ushbu reytingda 2-o‘rinni Hewlett-Packard kompaniyasi egalladi. Undan keyingi o‘rinlardan Microsoft, Google va SAP kompaniyalari joy oldi. Eng obro‘li o‘nta kompaniya orasidan Intel, NCR, Adobe Systems, Texas Instruments, Toshiba va Salesforce.com ham bor.

Bozordagi eng katta kapitallashuvga ega bo‘lgan va mobil qurilmalar bozorida Samsung`ning asosiy raqobatchisi hisoblanadigan Apple korporatsiyasi bor-yo‘g‘i 21-o‘rinni egalladi va o‘tgan yildagi natijaga ko‘ra ikki o‘ringa pastladi.

Reputation Institute bu tadqiqoti davomida AQShning 27 mingga yaqin aholisi orasida so‘rov o‘tkazdi. Har bir kompaniya ekspertlar tomonidan yetti toifa: mahsulot va xizmatlar, innovatsiya, ishchi muhit, boshqaruvni tashkil etish, rahbariyatning tutgan o‘rni va ijtimoiy javobgarlik bo‘yicha o‘rganildi.

Apple korporatsiya innovatsiyalar bo‘yicha Samsung`dan o‘zib ketdi, biroq mahsulot, ishchi muhit va boshqaruvni tashkil etish toifalari bo‘yicha ortda qoldi.

Top