Sport | 07:43 / 08.07.2015
2637
1 daqiqa o‘qiladi

Svetlana Radzivil Vengriyadagi Gran-Prida ikkinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi a'zosi Svetlana Radzivil Vengriyada o‘tkazilgan Gran-Prida kumush medal sovrindoriga aylandi.

Radzivil 1,88 metr balandlikdan sakrab o‘tgan holda ikkinchi natijani ko‘rsatgan.

Székesfehérvár Gyulai istván Memorial — Hungarian Athletics Grand Prix nomli bu turnirda 1,91 metrlik natijani qayd etgan rossiyalik Irina Gordeyeva g‘olib bo‘lgan. Uchinchi o‘rin esa Bolgariya vakilasi Mirela Demiraga (1,84 metr) nasib etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish