Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent energiya va issiqlik ta'minoti tizimlari modernizatsiya qilinadi
2015-2017 yillarda “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi poytaxt shahar energiya va issiqlik ta'minoti tizimlarini modernizatsiya qiladi. Bu haqda "Gazeta.Uz" xabar bermoqda. Loyiha to‘rtta gaz-turbina moslamalarining qurilishini ko‘zda tutadi. Ulardan har birining quvvati 27 mVtni tashkil qiladi.
Loyiha realizatsiyasi yiliga qo‘shimcha ravishda 946 mln kVt/soat energiya ishlab chiqarishga imkon beradi.
Kompaniya ma'lumotlariga qaraganda, hozir loyiha kreditorlaridan biri – Yaponiya xalqaro rivojlanish agentligi (JICA) yordamida tadqiqiy va texnik ishlar olib borilmoqda.