Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunis "IShID"dan himoyalanish maqsadida Liviya bilan chegarasida devor barpo etmoqchi
Tunis hukumati Sus kurort shahridagi teraktdan keyin Liviya bilan chegarasida devor barpo etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Tunis bosh vaziri Habib Assid.
“Biz Liviya bilan butun chegaramiz bo‘ylab devor qurish va jarlik barpo etishga kirishdik. Devor uzunligi 168 km.ni tashkil qiladi, uning qurilishi 2015 yilning oxirigacha yaunlanadi”, deb aytmoqda Assid.
Assidning ta'kidlashicha, devor Liviyaning bir nechta tumanlarini nazorat qilayotgan "IShID" terrorchilarining mamlakatga bostirib kirishiga qarshilik ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.